Kanadaning Kvebek viloyati politsiyasi Kvebek-Sitidagi masjidga hujum qilgan jinoyatçi şaxsini tasdiqladi.
Ta'kidlanişiça, terakt ijroçisi 27 yoşli kanadalik Aleksandr Bissonnett bölib çiqqan. Politsiya unga 6 ta qotillik va 5 ta qotillikka uriniş böyiça ayblov e'lon qildi.
29 yanvarda xufton namozi vaqtida masjidga uyuştirilgan hujum oqibatida 6 kişi halok böldi, 18 kişi yaralandi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, 5 nafar jabrlangan şifoxonada qolmoqda, ulardan ikki nafarining ahvoli oğir deya baholanmoqda.

















