Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning farmoni xorijlik sportchilarning AQShdagi ishtiroklariga ta'sir qilmaydi
AQSh hukumati mamlakatning Milliy olipiya qo‘mitasiga (MOQ) Donald Trampning oxirgi farmonlari xorijlik sportchilarning AQSh hududida o‘tkaziladigan musobaqalardagi ishtirokiga ta'sir qilmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.
Oxirgi kunlarda Tramp immigratsiya siyosatini qat'iylashtiruvchi bir qator farmonlarni imzoladi. Ulardan biriga ko‘ra, Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yaman, Liviya va Somali fuqarolarining AQShga 90 kunga kirishi taqiqlanadi.
Bayonotda aytilishicha, MOQ va hukumat sportchilar va rasmiy shaxslarga AQShdagi xalqaro musobaqalarga "tezroq kirish" dasturini joriy qilish bo‘yicha birgalikda ish boshlagan.
Avvalroq Milliy basketbol uyushmasi AQSh Davlat departamentiga AQShning yangi migratsiya siyosati basketbol ligasi o‘yinchilariga qanday ta'sir qilishini tushuntirib berish iltimosi bilan murojaat qilgandi.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020