National Geographic jurnali xodimi Deniel Reyven-Ellison yaqindigina Britaniya şaharlari va xiyobonlari böylab 2,5 million qadam uzunligidagi sayohatini yakunladi. U sayohat davomida elektron qurilma yordamida öz kayfiyatidagi özgarişlarni ölçadi. BBC şu haqida ma'lumot bilan örtoqlaşdi.
Deniel yetti oy içida 69 şaharni kezib çiqdi. Şu vaqt davomida u boşida elektroentsefalograf bilan yurgan. Qurilma boşning turli joylariga mustahkamlangan datçiklar orqali uning miya faolligini qayd etgan.
Örnatilgan dastur bu signallarni tahlil qiladi hamda harakatning har bir bosqiçida stress, xotirjamlik, diqqatni jamlaş va qiziqiş darajasini hisoblaydi.
Denielning sözlariga köra, monitor unga atrof-muhitga bölgan munosabatini yaxşiroq tuşunişga yordam bergan.
"Sizni nima qiziqtirmoqda, nimaga befarqsiz, nima xavotirga solmoqda yoki, aksinça, tinçlantirmoqda - şularning barçasini yaxşiroq anglab yetasiz. Uşbu ma'lumotlar şaharlarni loyihalaştirişda foyda berişi mumkin".
Albatta, bu usul mukammallikdan yiroq va qurilma körsatmalari boşqa omillar ta'sirida izdan çiqiş ehtimoli mavjud.


Masalan, Kardiffda qurilma stress va diqqatni jamlaşning maksimal darajasini qayd etgan, lekin bu körsatkiç taşqi omillar ta'sirida emas, şunçaki hojatxonaga kuçli ehtiyoj seziş natijasida qayd etilgan.
Tepaliklarga kötariliş ham stressga olib kelgan, intensiv harakat kuzatilgan yöldan ötişda ham xuddi şunday holat kuzatildi. Biroq qurilma yoqimli hayajon bilan yoqimsizini ajrata olmaydi.
"Şunisi qiziqki, qurilma şaharlar böylab sayohat vaqtining yarmida mening diqqatim bölingani va öz his-tuyğularimni anglab yetmaganimni körsatdi", - deya sözlaydi Deniel.
Biroq monitor sayyohning stress darajasi atrof-muhit şaroitiga muvofiq özgarganini aniq qayd etgan.




















