Indoneziya ulamolar kengaşi yaqin orada soxta yangiliklarni tarqatişga qarşi fatvo berişni rejalaştirmoqda. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
"Biz imkon qadar tezroq fatvo beramiz, çunki vaziyat xavotirli, - deydi kengaş raisi Ma'ruf Amin. - Umid qilamizki, heç bölmaganda musulmonlar soxta xabarlarni tarqatişmaydi".
Ulamolar kengaşi mö'tadil pozitsiya tutgan. Uning qarorlari yuridik jihatdan majburiy hisoblanmaydi, biroq qoidaga köra, bu ma'lum bir musulmonlar tomonidan buyruq sifatida qabul qilinadi.
Fatvoga mamlakat poytaxti Jakarta gubernatori — Basuki Tjaxaji Purnami (xristian diniga e'tiqod qiladi) atrofida yuzaga kelgan vaziyat sabab bölgan. Mana uç oydirki, unga qarşi ommaviy norozilik namoyişlari davom etmoqda. Bunga gubernatorning noma'lum raqiblari tomonidan tarqatilgan videosi sabab bölgan - bir qaraşda oddiy videoga yolğon ayblovlar bölgan subtitrlar qöyilgan. Xalqning ğazabini qözğaş uçun şuning özi yetarli böldi.
Purnamaning ikki raqibi ommaviy noroziliklardan öz maqsadlarida foydalandi: ularning ikkisi ham musulmon bölib, 15 fevralda bölib ötadigan gubernatorlik saylovlarida lavozim uçun kuraş olib bormoqçi.
Prezident Joko Vidodoning namoyişlarni tinçitişga bölgan urinişlari besamar ketdi. Davlat rahbari ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikka çaqirdi, hukumat vakillari esa muammo yeçimini topiş maqsadida hatto Facebook xodimlari bilan ham uçraşuv taşkillaştirişdi.

















