Şri-Lankada respublika prezidenti Maytripal Sirisenaning ölimini bir neça bor başorat qilgan munajjim Vijit Roxama hibsga olindi, deb xabar berdi Associated Press.
Xabarga köra, Roxama Facebook’da özining bir neça başoratlarini e'lon qilgan bölib, ularda Sirisena 27 yanvarga qadar vafot etişini aytgan. Ta'kidlanişiça, uning bayonotlari mamlakat hukumatida jiddiy taşviş keltirib çiqardi.
Roxama hibsga olindi va unga jamoatçilikni notöğri ma'lumot bilan ta'minlovçi soxta başoratlar qiliş aybi qöyildi. Kolombo sudi Roxamani ma'lum bir mablağ evaziga ozodlikka çiqargan.
Ma'lumot uçun, Vijit Roxama — Hindiston boş vaziri Rajiv Gandiga 1987 yilda suiqasd uyuştirişda ayblangan sobiq dengizçi. U suiqasddan söng 2,5 yil davomida qamoqda saqlandi. Roxama 2000-yilda Şri-Lankadagi parlament saylovlarida iştirok etgan. Keyinçalik esa munajjim sifatida işlay boşladi.

















