Sport | 03:36 / 02.02.2017
6047
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «MYu» o‘z uyida so‘nggi o‘rinda borayotgan autsayderni mag‘lub eta olmadi

Angliya premer-ligasining 23-turi yana ikki uchrashuv bilan o‘z nihoyasiga yetdi.

«Old Trafford»da «Hall Siti»ni qabul qilgan «Manchester Yunayted» 90 daqiqa davomida raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. O‘yinning so‘nggi daqiqalarida mehmonlar gol kiritib, g‘alabani ilib ketishi mumkin edi, biroq Lazar Markovichning zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi. Natijada o‘yinda hisob ochilmadi.

Ushbu durangdan keyin «MYu» hisobidagi ochkolar soni 42taga yetdi va jamoa hamon oltinichi o‘rinda qolmoqda. «Hall» esa 20-pog‘onani egallab turibdi.

Yana bir uchrashuvda «Stok Siti» va «Everton» jamoalari kuch sinashishdi. Piter Krauch 7-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Bu Piterning APL doirasida kiritgan 100-goli bo‘ldi. Ammo, 39-daqiqada Rayan Shoukross o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Angliya premer-ligasi, 23-tur

Manchester Yunayted – Hall 0:0
Manchester Yunayted:
De Xea, Valensiya, Roxo, Jons (Smolling, 55), Blind, Errera, Kerrik (Runi, 46), Pogba, Mxitaryan (Mata, 62), Reshford, Ibrahimovich.
Hall: Yakupovich, Douson, Robertson, Taymon (Ranokkiya, 66), Maguayr, Meyler, Xaddlstoun, Evandro (Elabdellaui, 72), Markovich, Klukas, Nyasse (Ernandes, 69).
Ogohlantirishlar: Nyasse (13), Klukas (79), Markovich (81), Runi (84), Meyler (89).

 

Stok Siti – Everton 1:1 (1:1)
Gollar:
Krauch (7) – Shoukross (39, avtogol).
Stok Siti: Grant, Bardsli, Martins Indi, Piters, Shoukross, Adam, Afellay, Allen (Beraxino, 67), Uelan, Arnautovich (Ngoy, 89), Krauch.
Everton: Robles, Koulmen, Xolgeyt (Makkarti, 46), Funes Mori, Beyns, Barkli, Shnayderlin, Miralyas (Lukman, 69), Devis, Uilyams, Lukaku.
Ogohlantirish: Bardsli (81).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid