Yaponiyada yaqin vaqt içida yangi turdagi qandolat mahsuloti sotuvga çiqadi - KitKat şokoladi bölgan şirin suşilar. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ular KitKat plitkalaridan taşkil topgan bölib, asosi guruç va oq şokolad hamda vasabidan iborat. Şirinlikning hammasi bölib uçta turi yaratildi va ular an'anaviy suşi şarafiga nomlandi.

Şu tariqa, “qizil tunetsli suşi”da malina ta'miga ega qizil KitKat işlatilgan. “Dengiz suv ötlari omletiga” esa qovunli puding mazasi bölgan şokolad qöyildi, “dengiz tipratikani suşisi” esa – Yaponiyaning Xokkaydo orolida yetiştiriluvçi noyob tarvuz turi va maskarpone pişloğidan iborat.

Bu şirinliklarni Tokioning maşhur savdo va madaniy mavzesi – Gindzada joylaşgan KitKat brendi yangi dökonida xarid qiliş mumkin. Ular 2-14 fevral kunlari sotiladi. Uç suşi majmuasi narxi 27 dollarni taşkil etadi.