«Çelsi» va Angliya terma jamoasining sobiq futbolçisi Frenk Lempard futbolçilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi. U Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida muxlislar bilan xayrlaşgan.
38 yoşni qarşilagan Lempard «Vest Hem» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U 21 yillik faoliyati davomida «Çelsi» «Mançester Siti» va «Nyu-York Siti» kabi jamoalarda töp surdi.
Faoliyatining katta qismini, 2001 yildan 2014 yilgaça «Çelsi» safida ötkazgan Lempard londonliklar jamoasi safaida 626 uçraşuvda maydonga tuşib, 208 gol urdi va 150 marta jamoadoşlarini golli uzatma bilan ta'minladi. U London jamoasi bilan Angliya çempionatida 3 marta, Angliya Kubogida 4 marta, Angliya ligasi kubogida va Angliya Superkubogida 2 martadan ğolib bölgan. U şuningdek, Çempionlar ligasi va Yevropa Ligasida bir martadan zafar quçgan.
Angliya terma jamoasi uçun Lempard 106 uçraşuv ötkazgan va 29 golga mualliflik qilgan.

















