Özbek Milliy akademik drama teatrida mazkur jamoa tarixi va ijod yöli, atoqli san'at namoyandalari tomonidan sahnalaştirilgan hamda ijro etilgan asarlar, amalga oşirilgan işlar töğrisida hikoya qiluvçi muzey taşkil qilindi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi madaniyat va sport işlari vaziri B.Ahmedov, Özbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma'sudov va boşqalar mamlakatimizda mustaqillik yillarida madaniy-ma'rifiy sohada, jumladan, teatr sohasini rivojlantiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilganini ta'kidladi.
2014 yilda teatrning yuz yillik yubiley töyi nişonlandi, ijodiy jamoa vakillari davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi.

Sönggi yillarda sahnalaştirilgan Hamid Olimjonning «Semurğ», Uyğun va Izzat Sultonning «Alişer Navoiy», Izzat Sultonning «Imon», Maqsud Şayxzodaning «Mirzo Uluğbek», Ölmas Umarbekovning «Kuzgi maktublar», Çingiz Aytmatovning «Momo yer» kabi asarlari tomoşabinlar tomonidan yuqori baholandi.
– Muzeyimiz qaytadan qisqa muddat – uç oy içida taşkil qilindi, – deydi Özbek Milliy akademik drama teatri muzeyi direktori Gulnora Sodiqova. – Bu yerda 1914 yildan bugungi kunga qadar teatr hayotidan hikoya qiluvçi fotoasarlar, turli rollarni talqin etgan san'atkorlar obrazlari örin olgan. Muzeyimiz beşta bölimdan iborat bölib, yillar kesimida taqsimlanadi. Kelajakda eksponatlar sonini yanada köpaytiriş, qöyiladigan asarlar kölamini kengaytirişni maqsad qilganmiz.
Özbek Milliy akademik drama teatri muzeyidan teatr faoliyatidagi unutilmas tarixiy voqealarni aks ettiruvçi videolavhalar ham örin olgan.

















