Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligini vazirning birinçi örinbosari Şerzod Şermatov boşqarib turadi.

U bugun Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga yangi rais bölib ötgan Xurşid Mirzohidovning örniga vazir vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.

Şerzod Şermatov (1977 yilda tavallud topgan) — Toşkent davlat texnika universiteti (1998 yil) va Yyel universiteti (AQŞ, 2000 yil) bitiruvçisi.

U ötgan yilning noyabrida vazir örinbosari etib tayinlangan, undan oldin Toşkentdagi Inha universiteti rektori lavozimida faoliyat körsatgan. Ungaça esa Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsion texnologiyalar davlat qömitasi (hozirgi — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi) raisi örinbosari edi.