Eron tashqi ishlar vazirligi rahbari Muhammad Javod Zarif Tehron AQSh tahdidlaridan xavotirda emasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

“Eron tahdidlardan xavotirda emas... Biz hech qachon urush boshlamaymiz, biroq himoya jihatidan faqatgina o‘zimizga tayanishimiz mumkin”, - deb yozdi Zarif Tvitterdagi sahifasida.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eron raketa sinovlariga harbiy javob berilishi mumkinligini aytgandi.