Kun davomida har bir kişi turli xil, yoqimli va salbiy voqea-hodisalarga duç keladi. Insonlarning aksariyati esa, aynan kayfiyatni buzgan holatlarni yodda saqlaydi, unutişi qiyin böladi. Aynan ularni muhokama qiladi, döstlari yoki oilasiga sözlab beradi. Bu jarayon şunçalik hayot tarzimizga singib ketganki, ba'zan, bu haqda fikr yuritiş foydalidek tuyuladi. 

AQŞning Florida universiteti Uorrington biznes kolleji boşqaruvi professori Joys Bono hamda Minnesota universitetidagi Karlson menejment kolleji professori Tereza Glomb bu borada boşqaça fikrda. 

Uşbu olimlar ötkazgan tadqiqot natijasi aksarimiz kelgan xulosaning aksini körsatmoqda. Ya'ni, işda yoki kun mobaynida röy bergan yomon emas, balki yaxşi voqea-hodisalarni doimiy ravişda yodga olib yuriş inson salomatligiga foyda beradi. Şu boisdan, xotirangizda salbiy holatlarni öylab yuravermasdan, xayolan bölsa-da, nazdingizda arzimas tuyulgan kiçik xursandçilik va köngilxuşliklarni sözlab yurişga, muhokama qilişga odatlaniş foydadan xoli emas. 

Olimlar şu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida maxsus tadqiqot ötkazişdi. Köngillilardan kuniga işdan söng, tadqiqot saytiga kirib, maxsus sörovnomani töldiriş söralgan. Ular 3 hafta mobaynida kuniga 5-10 daqiqa savollarga javob beriş bilan iş kunida yuz bergan 3ta yoqimli voqeani yodga olişgan va nima uçun u yaxşi taassurot qoldirganini izohlaşgan. 

Tadqiqotlar yakunlanganidan söng, ruhiy va jismoniy çarçoqdan noliş va asabbuzarlik darajasi köp bölmasa-da, sezilarli kamaygani qayd etilgan. Bundan taşqari, iştirokçilar yoqimli hodisalarga e'tiborini qaratişganida, uyga kelganlarida iş bilan boğliq jarayonlarni tezroq unutişgan. 

Şu bilan birga, uşbu tajriba insonlar örtasidagi özaro ijobiy aloqalarni kuçaytiradi, mehnat samaradorligini oşirişga yordam beradi. Xodimning turli ijobiy qobiliyatlari yuzaga çiqişiga kömak beradi. Xursandçilik va öz-özidan qoniqiş hissi ijodiy yondaşuv va kaşfiyotçilik iqtidorini kuçaytiradi. 

Töğri, insonlar işda yuz bergan köngilsizliklarni aytmasdan tura olişmaydi. Bu tabiiy hol. Biroq qaysidir ma'noda muvozanatni saqlaş uçun ijobiy hodisalarni majburiy ravişda xotirlaş yaxşiroqdir. Masalan, yiğiliş va majlislarda sözni tanqiddan emas, sönggi vaqtda jamoa erişgan yaxşi natijalarni qayd etişdan boşlaş maqsadga muvofiqdir. 

Ammo, bu usulning eng foydali jihati, kun nihoyasida bugun sizni kulişga, xursand bölişga majbur qilgan voqealarni bir bor xotirlaş bilan ularning tabiiy quvvatidan yana bahra olasiz. Şunday ekan, iş sönggida har doim yaxşi narsalar haqida öylaşga harakat qiling!