HowMuch tahliliy sayti tadqiqot va rivojlanişga xarajatlar böyiça davlatlar reytingini taqdim qildi.
Ta'kidlanişiça, ba'zi davlatlar fanning rivojlanişiga milliardlab dollar ajratadi, biroq bunda barçasi kutilgandek va natijalar samarali bölişiga heç qanday kafolat yöq. Ba'zida bu natijalarni yillab kutişga töğri keladi.
Tahlilçilar reytingni tuzişda YuNeSKOning statistik ma'lumotlaridan foydalanişgan.
Reytingning yetakçi öntaligi quyidagiça köriniş olgan:
- AQŞ – 476,5 mlrd dollar
- Xitoy – 370,6 mlrd dollar
- Yaponiya – 170,5 mlrd dollar
- Germaniya – 109,8 mlrd dollar
- Janubiy Koreya – 73,2 mlrd dollar
- Fransiya – 60,8 mlrd dollar
- Hindiston – 48,1 mlrd dollar
- Buyuk Britaniya – 44,2 mlrd dollar
- Braziliya – 42,1 mlrd dollar
- Rossiya – 39,8 mlrd dollar

AQŞda har million kişiga 4295 nafar, Xitoyda esa 1096 nafar tadqiqotçi töğri kelar ekan.
Tahlilçilar “tadqiqot” termini ostida farmatsevtikadan boşlab samolyotsozlikkaça bölgan barça sohani nazarda tutişgan.
Özbekiston 345 mln dollar bilan reytingning 76-poğonasini egallagan.
Qöşni davlatlardan Qozoğiston 67-örinni egallagan. Bu davlatda tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 718 mln dollar ajratilar ekan.
Tojikistonda esa bu maqsadlar uçun bor-yöği 26 mln dollar, Qirğizistonda esa 25 mln dollar ajratilar ekan. Turkmaniston esa reytingga kiritilmagan.
Raqamlarga e'tibor qaratadigan bölsak, turli tadqiqotlarga katta mablağ ajratuvçi davlatlar haqiqatan rivojlangan.
Ma'lumki, fan, tadqiqotlar va innovatsiyalar uzoq muddatli investitsiyalarni talab qiladi.
Hammasi inson resursidan boşlanadi: dastlab boğçaga, söngra maktab, keyin esa oliy ta'lim muassasasiga sarmoya kiritiladi. Şuningdek, doktorantura va Fanlar akademiyasini ham unutmaslik lozim.
















