Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassdagi vaziyat keskinlaşuvining 3 sababini aytdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Uning aytişiça, Kiyev pullarga muhtoj va Yevropa Ittifoqi köz öngida özini jabrdiyda qilib körsatmoqda.
"Birinçi sabab şundaki, Ukraina rahbariyatiga bugun pullar kerak. Pullarni esa Yevropa Ittifoqi va Yevropaning alohida davlatlari, AQŞdan va xalqaro moliya institutlaridan özini tajovuz qurboni qilib körsatib oliş osonroq", deb aytdi Putin Vengriya boş vaziri Viktor Orban bilan uçraşuvdan keyin.
Putinning ta'kidlaşiça, keskinlaşuvga ikkinçi sabab – Ukraina hukumati e'tiborni Donbassga qaratib, muxolifat bilan kuraşişga urinmoqda.
Putin uçinçi sabab sifatida Ukraina AQŞdagi saylovlarda aniq "nomzodni" (Hillari Klinton közda tutilmoqda) qöllab-quvvatlagan va endi Donbassdagi vaziyatni keskinlaştiriş yöli bilan AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp ma'muriyati bilan munosabatlarni yaxşilamoqçi.
"AQŞdagi saylovlarda Ukrainaning amaldagi hukumati nomzodlardan biri foydasiga bir tomonlama pozitsiyani egalladi va ukrainalik oligarxlar, hoynahoy siyosiy rahbariyat ma'qullovi bilan, bu nomzodni moliyalaştirgan. Endi ular AQŞning amaldagi ma'muriyati bilan munosabatlarni yana mojaro orqali yölga qöymoqçilar, bu esa doimo oson, Oq uyning amaldagi ma'muriyatini Ukraina muammolarini hal qilişga tortiş yengilroq va şu yöl bilan qandaydir muloqot yölga qöyilmoqçi", deb tuşuntirdi Putin.

















