Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri prezidentlik uchun nomzodini ilgari suradi
Qirg‘iziston Respublikasining sobiq bosh vaziri Temir Sariyev davlat rahbarligi uchun nomzodini ilgari surishi borasida birinchi bo‘lib rasman e'lon qildi. Bu haqda 24.Kg axborot agentligi xabar qilmoqda.
«Akshumkar» siyosiy partiyasining anjumani ishtirokchilari Temir Sariyevni prezidentlik uchun ilgari surishga qaror qildi.
Amaldagi davlat rahbari Almazbek Atambayevning vakolatlari 2017 yil kuzida poyoniga yetadi.
Temir Sariyev 54 yoshda. 2000-2007 yillarda Jogorku Kenesh deputati bo‘lgan, 2010 yil aprelidan iyuniga qadar muvaqqat hukumat raisi o‘rinbosari, moliya vaziri lavozimida ishlagan. 2011 yil 24 dekabrdan iqtisodiyot vazirligini boshqargan. 2015 yil 30 aprelida mamlakat parlamenti uning nomzodini bosh vazirlikka tasdiqlagan. 2016 yil 11 aprelida iste'foga chiqqan.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026