Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov AQShning yangi Davlat kotibiga maktub yo‘lladi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Reks Ueyn Tillersonni uning Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi lavozimiga rasman kirishganligi munosabati bilan tabrikladi.
Tabrik maktubida R.U.Tillersonning yangi lavozimdagi ko‘p qirrali faoliyati tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni barqaror rivojlantirish va chuqurlashtirishda har tomonlama ko‘mak berishiga ishonch bildirilgan.
“O‘zbekiston kelgusida ham Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan hamfikrlilik, o‘zaro hurmat va foyda, bir-birining manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asoslangan har taraflama hamkorlikni rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy, investitsiya, texnologiya va gumanitar sohalardagi mustahkamlanib borayotgan sherikchilikni har tomonlama rag‘batlantirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari yuzasidan konstruktiv muloqotni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlashga qat'iy ahd qilgan”, - deb ta'kidlanadi tabrik maktubida.
Mavzuga oid
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025