AQŞ adliya vazirligi Sietl federal sudining immigratsiya siyosatini qat'iylaştiriş farmoni amal qilişini vaqtinçalik töxtatiş qarori ustidan apellyatsiya berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, gap apellyatsiya beriş jarayonining rasman boşlanişi haqida ketmoqda. Hozirça qaror ustidan şikoyat qilişga heç qanday asos va dalillar körsatilmagan, çunki adliya vazirligi Vaşington ştati Ğarbiy okrugi sudini jarayon boşlanişi haqidagina xabardor qilgan.
Avvalroq Donald Tramp sudyalarning bu qarorini bekor qilişga va'da bergandi.

















