AQŞda sud Donald Tramp ma'muriyatining Sietl federal sudi tomonidan immigratsiya siyosatini qat'iylaştiriş farmoni ijrosini töxtatiş böyiça çiqargan qaroriga bergan apellyatsiyasini rad etdi. Bu haqda AFP xabar tarqatdi.
Donald Tramp tomonidan 27 yanvar kuni imzolangan farmonga köra, AQŞga Suriya, Yaman, Sudan, Liviya, Somali, Iroq va Eron fuqarolari kirişi vaqtinçalikka taqiqlab qöyilgandi. Bundan taşqari, mamlakatda qoçqinlarni qabul qiliş töxtatilgan.
3 fevral kuni Sietl şahridagi federal sud hakami Jyeyms Robart farmonning bajarilişiga vaqtinçalik taqiq qöydi.
Robart AQŞ prezidentining immigratsiya nazoratini qat'iylaştiriş töğrisidagi farmonlari qoidalarini bekor qilişga qaratilgan da'voni körib çiqmoqda, uni avvalroq Sietl federal sudiga Vaşington ştati boş prokuraturasi bergan edi. Ştat boş prokurori Bob Fergyuson ta'kidlaşiça, u sud uşbu çoralarni konstitutsiyaga zid deb topişiga erişmoqçi. Da'voga, keyinroq Minnesota ştati hukumati qöşildi. Farmonning ijro etilişiga qöyilgan vaqtinçalik taqiq uşbu da'vo sudda körib çiqilayotgan paytda amal qiladi.
Tramp esa bu qarorni kulgili deb atadi va bu borada bahslaşişini ma'lum qildi. U sudyalarning qarorlarini bekor qilişga va'da berdi.
Keyinroq AQŞ adliya vazirligi sudning immigratsiya farmoni amal qilişini töxtatiş qarori ustidan şikoyat qildi.
Trampning özi esa immigratsiya farmonining bekor qilinişi qanday oqibatlarga olib kelişini eslatib ötgandi.












