Suhbat davomida yetakchilar AQSh va Italiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning muhimligini, NATOning Yevropa va AQShda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlashdagi muhim rolini ta'kidlab o‘tishdi.
Ikki davlat yetakchisi jahon terrorchiligi muammosi, Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyatga e'tibor qaratishgan.
Tramp suhbat davomida may oyida o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etishini tasdiqladi. U bu uchrashuvda Jyentiloni bilan yuzma-yuz uchrashishga umid qilishini bildirgan.











