AQŞ armiyasining zirxlitank polki birinçi batalonining piyoda rotasi oğir texnikalari Estoniyaga yetib keldi. Bu haqda Estoniya mudofaa kuçlari Boş ştabi ma'lum qilmoqda. 

"Tanklar va piyoda jangovar maşinalari (PJM) Estoniyaning Tapa stansiyasiga yetib keldi. Rotaning şaxsiy tarkibi ötgan juma kuni (3 fevral) kelgan edi", — deya aniqlik kiritişgan Boş ştabda. 

Avvalroq, AQŞning Tallindagi elçixonasi ma'lum qilganidek, Estoniyada Amerika armiyasi 68-zirxlitank polki birinçi bataloni piyodalar rotasi joylaşadi. Rota tarkibiga 4ta M1A2 Abrams tanki va 15ta Bradley PJM kiradi.

Harbiy xizmatçilar 2016 yil sentabr oyida Estoniyaga kelgan havo-desant brigadasining rotasini almaştiradi. Texnika va qöşinlarni joylaştiriş Atlantic Resolve amaliyotining navbatdagi bosqiçi doirasida amalga oşirilmoqda. 

Amerika harbiylari NATOning xalqaro batalonlari yetib kelguniga qadar, bahorgaça şu yerda qolişadi. Uşbu harbiylar alyansning 2016 yil iyul oyida Varşavada bölib ötgan sammitida qabul qilingan qöşma qaror doirasida joylaştirilmoqda. Unga köra, Latviyada Kanada, Litvada Germaniya, Estoniyada Buyuk Britaniya harbiylari joylaşadi. AQŞ öz harbiy batalonini Polşaga safarbar etadi.