Bellashuvning hal qiluvchi uchrashuvida Denis Shapovalov (Kanada) va Kayl Edmund (Buyuk Britaniya) to‘qnash keldilar. Birinchi ikki set britaniyalik foydasiga 6:3, 6:4 hisobida hal bo‘ldi. 3-setda hisob 1:1 bo‘layotganda Edmund raqibining uzatmasida breykni amalga oshirdi.
Bundan jahli chiqqan Shapovalov raketka bilan to‘pga urib, u bilan uchrashuvning bosh hakami, fransuz Arno Gabaning ko‘ziga tekkan. Gabaga birinchi yordam ko‘rsatilgandan keyin Kanadaga ushbu qo‘pol harakat sababli texnik mag‘lubiyat berildi.











