AQŞ armiyasi 3-brigadasining oğir zirhli texnika rotasining 220 dan köproq harbiysi 6 fevralda Latviyaga yetib keldi, yaqin kunlarda şuningdek "Abrams" tanklari keltiriladi, deb ma'lum qilindi AQŞ elçixonasida.  

"Amerikalik askarlar Latviya milliy qurolli kuçlari bilan işlaydi va maşq qiladi. Ular işga tayyorlanmoqdalar", deb aytilgan elçixonada.

Askarlar ortidan Latviyaga AQŞning oğir zirhli texnikasi – "Abrams" tanklari va "Bredli" zirhli maşinalari keltiriladi.

2016 yilning 8 iyulida NATOning Varşavada ötgan sammitida Polşa va Boltiqböyi davlatlarida 4 ta xalqaro batalon joylaştirilişi tasdiqlangandi. Latviyadagi batalonga Kanada boşçilik qiladi. NATOning xalqaro bataloni Latviyaga keyingi yil bahorida kelişi mumkin.

Latviya 2004 yildan NATO a'zosi hisoblanadi.