AQŞ prezidenti Donald Tramp NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg bilan ötkazgan telefon orqali muloqotidan söng, taşkilot davlat rahbarlari uçraşuvida iştirok etişga rozilik bildirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

«Prezident Tramp NATOga a'zo mamlakatlar rahbarlarining may oyi oxirida Yevropada bölib ötadigan uçraşuvida qatnaşişga rozilik bildirdi», — deyiladi xabarda. 

Xabar qilinişiça, Tramp alyans boş kotibi bilan Amerikaning NATOni qöllab-quvvatlaşi masalasini muhokama qilgan. 

«Ikki yetakçi taşkilotning barça a'zosi öz moliyaviy majburiyatlarini bajarişlari uçun nima qiliş kerakligi borasida ham fikr almaşişgan», — deyiladi xabarda. 

Tomonlar NATO duç kelayotgan barça çaqiriqlarga barham beriş maqsadida qalin hamkorlik qilişga va sa'y-harakatlarni muvofiqlaştirişga kelişib olişgan. 

Tramp va Stoltenberg, şuningdek, Ukraina çegarasidagi mojaroni tinç yöl bilan hal etiş imkoniyatlarini muhokama qilişgan.