Aksariyatimiz ob-havo bilan boğliq noqulayliklardan (kutilmagan sel yoki jazirama issiq) nolib qolamiz, biroq bularning barçasini yengib ötiş mumkin. Sayyoramizda şunday joylar borki, u yerlarda ona-tabiat heç kimni ayab ötirmaydi. Dahşatli böronlar, vulqonli lavalar - bunday joylarni zabt etişga ortiqça qiziqmagan ma'qul. Hi-News sayyorani tört elementga ajratib, ularning Yerdagi eng xavfli ifodalariga töxtalib ötdi.
Suv

Suv biz uçun xavf tuğdirişi tabiiy, çunki biz suv muhitiga yaxşi moslaşmaganmiz (köpçilik çömilişni umuman bilmaydi). Qayiqlarni boşqariş borasidagi könikmalarimizga qaramay, Xalqaro dengiz taşkiloti xabariga köra, 2012 yilda 1051 nafar kişi dengizda halok bölgan.
Ba'zi suv havzalari geografik joylaşuviga köra, boşqalaridan xavfliroq böladi. Norvegiyadagi Salstraumen böğozi Yer yuzidagi eng kuçli oqimlari bilan nom qozongan. Biroq bu maskan şu qadar yaxşi örganilganki, sayyohlar bu yerdan mutaxassis bilan şişirilgan qayiqda "sayr qiliş" imkoniga egalar.
Hind okeanidagi orollar guruhi, Maldiv orollari ham dengiz sathining oşişga moyilligi mavjudligi sabab "efemer orollar" hisoblanadi. Xavf yil sayin ortib bormoqda, çunki iqlim özgarmoqda.

Xavf çöqqisi sunami yoki böron vaqtida suv sathining kutilmaganda kötarilişiga töğri keladi.
Dunyoda insonlarni xavfdan himoya qilişga qaratilgan sunamini "yumşatiş" yoki undan ogohlantirişning bir neça tizimi mavjud. Biroq ba'zi joylarda ogohlantiriş vaqti 20 daqiqaga qisqaradi, şu bois sunami köp kişilarning hayotiga zomin bölişi mumkin. 2004 yilda yangi tarixdagi eng halokatli sunami röy berdi - Indoneziyadagi Sumatra qirğoqlaridagi zilziladan keyingi sunami 15 mamlakatdagi 280 000 kişining hayotdan köz yumişiga olib keldi. Buni tasavvur qiliş qiyin, biroq daryo toşqinlari bundan-da köp kişini hayotdan olib ketgan.
Xitoydagi Yantszi daryosida yoz oylarida sodir bölgan suv toşqini millionlab kişilarning ölimiga sabab böldi (rasmiy hujjatlarda yöqotişlar ançaga kamaytirilgan). Öşa yili ketma-ket yoğgan qorlardan keyin kuçli eriş holatlari kuzatilgan, boz ustiga anomal ravişda kuçli yomğirlar yoğgan. Natijada tarixdagi eng maş'um tabiiy ofat yuz bergan.























