Qatar Airways aviakompaniyasi Qatar poytaxti Dohadan Yangi Zelandiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘ydi. Bu yo‘nalish bo‘yicha QR920 samolyoti 5 fevralda ertalab havoga ko‘tarildi va Oklendda 6 fevralda mahalliy vaqt bilan soat 07:30da qo‘nadi. 

Shu tariqa, parvozning davomiyligi 16 soat 20 daqiqani tashkil qiladi, samolyot 10 ta soat poyasini, 5 ta davlatni va 14535 km yo‘lni bosib o‘tadi.

Samolyotning ortga parvozi esa 17 soat 30 daqiqani tashkil qiladi.   

Bu reys dunyodagi eng uzun uzluksiz tijorat reysi bo‘ladi.