Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Moskva bilan hamkorlikda Ikkinçi jahon uruşidan söng mamlakatlar munosabatlarida saqlanib qolgan muammolarga barham berişni rejalaştirmoqda. Bu haqda u 7 fevral kuni bayonot berdi, deb xabar qilmoqda Kyodo agentligi.

«Biz uruşdan söng qolgan muammolarga çek qöyiş ğoyasini ma'qullaymiz», — degan Abe Şimoliy hududlarni qaytariş böyiça umummilliy s'yezdda nutq sözlar ekan. Yaponiyada Rossiya bilan tinçlik bitimi imzolanmagani va Janubiy Kuril orollarining 4tasini qaytarib oliş masalasi şu muammolar sirasiga kiritiladi. 

U, şuningdek, bu masalalarni hal etiş uçun yangiça yondaşuv zarurligini qayd etgan. Yaponiya hukumati rahbarining sözlariga köra, muammoni hal etiş «70 yil mobaynida bir millimetrga ham siljimagan».

«Tinçlik şartnomasini imzolaş — oddiy vazifa emas, biroq asta-sekinlik bilan uni hayotga tatbiq etiş kerak», — deb qöşimça qilgan Abe.

Ikkinçi jahon uruşidan söng, Moskva va Tokio örtasida tinçlik bitimi imzolanmagan edi. Bunda Kuril orollarining janubiy qismidagi 4ta orol: Iturup, Kunaşir, Şikotan va Xabomaining kimga tegişli ekaniga doir tortişuvlar bunga tösqinlik qilmoqda. Tokio 1855 yildagi ikki tomonlama şartnomaga muvofiq da'vo qiladi, Moskva esa, orollar Ikkinçi jahon uruşi yakuniga köra, SSSR tarkibiga kirganini ta'kidlaydi.