BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning bayonot berişiça, sönggi vaqtlarda IŞID terrorçilik guruhiga qarşi kuraş ijobiy samara bera boşlagan. Ammo, uning teraktlar sodir etiş ehtimoli yuqori bölib qolmoqda, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.
Uning sözlariga köra, IŞID jangarilari özlarining terrorçilik faoliyatini ziddiyatli hududlardan taşqariga olib çiqişga faolroq urinmoqda. Guterrişning qayd etişiça, IŞID jangarilari öz maqsadlarini amalga oşirişda boşqa mamlakatlardagi gumaştalaridan foydalanmoqda. Şu boisdan ham aeroportlar va samolyotlarda qöporuvçiliklar sodir etiş xavfi yuqoriligiça qolmoqda.
Bundan taşqari, boş kotibga köra, terrorçilar öz tarafdorlari bilan aloqada böliş maqsadida messenjer ilovalar va qora saytlardan foydalanmoqda.
BMT ma'lumotlariga köra, IŞID terrorçilari moliyaviy manbalarining 80 foizini neft va gazni sotiş, zöravonlik va talonçilik vositasida topadi.

















