New World Payphones  kompaniyasi Buyuk Britaniya va London şahri ramzlaridan biri bölib qolgan telefon budkalari yangi dizaynini taqdim etdi. Ular xuddi qizil avtobuslar, Big Ben va Pikadilli maydoni kabi maşhurlikka ega. 90 yillik klassik obraz örniga zamonaviylaştirilgan taşqi şakl kelgan: telefon budkalarida nafaqat yopiluvçi eşikni olib taşlaşdi, balki ularning rangi ham özgartirildi.

Yangi budkalarda telefon avtomatdan taşqari, tuman haqida ma'lumotlar bölgan sensorli displey ham böladi. Bundan taşqari, Wi-Fi'ga kiriş nuqtalari ham bor. Şahar ma'muriyati budkalarga xizmat körsatiş uçun mablağlarni ekranlar içida joylaştiriladigan raqamli reklamadan topişni rejalaştirmoqda.

Budkalarga egalik qiluvçi New World Payphones kompaniyasi boş direktori Jastin Kokreynning sözlariga köra, yangi budkalar köçalardan eski aloqa vositalarini olib taşlaş hamda ularning örniga daraxt köçatlarini ekiş imkonini beradi. Uning qöşimça qilişiça, işlab çiqilgan loyiha mahalliy işlab çiqaruvçilarga ham yordam beradi – aynan ular Londonda yangilangan “telefon qutilari”ni tayyorlaş bilan şuğullanadi.