Sobiq AQŞ prezidentligiga nomzod Hillari Klinton Donald Trampning inauguratsiyasidan keyin birinçi bayonot bilan çiqdi. The Guardian şu haqida xabar berdi. 

U xotin-qizlarning muammolariga yönaltirilgan Makers konferensiyasidan videomurojaat yölladi. Mazkur anjuman şu haftada Kaliforniyada ötkazilmoqda. 

Videoda Klinton "barça çaqiriqlarga qaramay", avvalgidek "kelajak ayollarniki" deb hisoblaşini aytgan.  

"Biz AQŞ va butun dunyodagi millionlab ayollarni birlaştiruvçi "Ayollar marşi"ning jöşqin energiyasini kördik". 

Klinton barça ayollarni öz kelajagi uçun kuraşişga va kuçli bölişga çorladi. 

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Donald Trampga qarşi aksiyalarda 1 milliondan ortiq amerikalik qatnaşgan. Dastlab norozilik aksiyalarida yarim million kişining iştiroki haqida axabar berilgandi, AQŞning yangi prezidenti inauguratsiyasi ertasiga "Ayollar marşi"ga çiqişdi. 

Nafaqat Amerika şaharlari, balki Yevropa va Osiyoda bölib ötgan marşlarda ayollar bilan birga erkaklar ham iştirok etgan.