Biz o‘zimizga yoqmaydigan, biroq yetarlicha pul beradigan ishga boramiz. Murakkab munosabatlarni tanlab, keyin uni yumshatishga harakat qilamiz. Bari nima uchun?  Ortiqcha ozor chekmaslik uchunmi?  Kundalik hayotdan biroz chekinib, o‘ylashga urining — siz nimani chin dildan istaysiz? Quyidagi odatlar esa hayotda qoqilmay, doimo muvaffaqiyat qozonishga yordam berishi aniq. 

Ortiqcha o‘ylashdan to‘xtang

Qaror qabul qildingizmi? Olg‘a, uni amalga oshiring. Kelgusida bajariladigan ishlarni ming marotaba tahlil qilish shart emas. Bu sizni qo‘rqituvchi holatlarni takror-takror o‘ylashingizga sabab bo‘ladi. Intuitsiyaga ishoning va o‘zgarishlardan cho‘chimang. Aks holda, nabiralarga nimani so‘zlab berasiz? 

Ma'naviy sabr

Ruhiy chidamlilik barcha narsadan muhim sanaladi. Ishni qanchalik bosiq holda uddalasangiz, rahbariyat ham sizni shunchalik hurmat qila boshlaydi, ko‘proq muvaffaqiyatga erishasiz. Ruhingizni tarbiyalashga beparvo bo‘lmang, mulohaza qilishga vaqt ajrating. 

Aniq maqsadlar

Natijaga e'tiborni kuchaytirish salomatlik uchun zararli. Shu o‘rinda, qisqa muddatli maqsadlar rivojlanishda juda foydali qurol bo‘lishi mumkin — agarda ular avvaldan tuzilgan uzoq muddatli rejalar tomon yo‘naltirilgan bo‘lsa. Yanada rag‘batlantiruvchi maqsadlar aniq muddatlar bilan yaqqol chegaralangan bo‘ladi.  "Ingliz tilini o‘rgangan bo‘lar edim"ni o‘rniga "bugun men 10ta so‘zni eslab qolaman". 

Idealni izlashdan to‘xtang

Inson tayyor ishdan hech qachon to‘laqonli qoniqmagan. Bu kichik bo‘shliqni bartaraf qilishga bo‘lgan urinish ko‘plab ishlarni barbod bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kir qidirishni bas qiling, keyingi ishga o‘ting.