Oq uy ma'muriyati, OAVda yetarliça yoritilmagan yoki umuman xabar qilinmagan qöporuvçiliklar röyxatini e'lon qildi. Hujjatdan unçalik ham ma'lum bölmagan voqealar singari sönggi yillarda jahon yangiliklar tasmasida yoritilgan voqealar ham kiritilgan. 

AQŞ prezidenti Donald Tramp OAVni teraktlarga e'tibor bermayotganlikda aybladi. "Şunçalikka borişmoqdaki, bu haqda (qöporuvçiliklar haqida) xabar qilişmayapti, umuman köp hollarda noxolis matbuot teraktlarni yoritişni istamayapti", — degan Tramp Florida ştati harbiylari qarşisida çiqiş qilar ekan. 

Şundan söng, Oq uy tahlilçilari 2014 yil sentabr oyidan 2016 yil dekabr oyiga qadar sodir etilgan 78ta qöporuvçilik röyxatini tuzib çiqişgan. Ular orasida keng ommaga oşkor qilinmaganlari, xususan, 2014 yil noyabr oyida Saudiya Arabistonida daniyalikka jarohat yetkazilişi yoxud 2015 yil yanvarida Saudiyada AQŞning ikki fuqarosi jabrlanişiga oid holatlar bor. 

Şu bilan birga, matbuotda keng yoritilgan xunrezliklar ham röyxatdan örin olgan. Masalan, 2014 yili Ottava yodgorlik majmuasida kanadalik askarning öldirilişi, 2015 yilda Texasdagi karikaturalar körgazmasida terrorçilarning yöq qilinişi kabilar şular jumlasidan. 

Oq uyning e'tiborsiz qoldirilgan terrorçiliklar röyxatidagi ayrim voqealar jahon yangiliklarida keng yoritilgan. 2015 yil iyunida Tunisda sodir etilgan terakt hamda öşa yili Fransiya poyezdida qöporuvçilikka uriniş OAV e'tiboridan çetda qolmagan. 

Bundan taşqari, Oq uy röyxatiga 2015 yil oktabrida Sinay yarim oroli osmonida Rossiya yölovçi samolyoti bortidagi terakt, 2015 yil oxirlaridagi Parij voqealari ham kiritilgan. Şuningdek, Istanbuldagi 2016 yil iyunidagi qöporuvçiliklar, 2016 yil iyulidagi Nitstsa terakti ham Oq uyga köra OAV tomonidan e'tibor berilmagan hodisalardir.