“Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining majlislar zalida Kengaytirilgan boşqaruv majlisi bölib ötdi. Bu haqda "Özpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Majlisda xolding kompaniya raisi örinbosarlari, xolding kompaniya va aksiyadorlik jamiyatlari boşqarma boşliqlari, hududiy filiallar, paxta tozalaş, yoğ-moy korxonalari, paxta terminallari, ozuqa-yem ta'minoti korxonalari rahbarlari iştirok etdilar.

Majlisda xolding kompaniya raisi A.Kamalov ma'ruza qilib, 2016 yilda tizimda amalga oşirilgan işlar tanqidiy tahlil qilindi va joriy yilda “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvçi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan Özbekiston Respublikasi Hukumatining 2017 yil uçun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yönalişlarini sözsiz bajarilişini ta'minlaş yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
2016 yilda tizim korxonalari tomonidan işlab çiqarilgan sanoat mahsulotlari ötgan yilning şu davriga nisbatan 104,7 foizga ösgan. Xalq iste'mol mollari hajmi esa 113,0 foizga köpaygan. Mahsulotlarni eksport qiliş hajmi şu davr prognoziga nisbatan 102,0 foizni taşkil etgan.

Respublika Investitsiya dasturi va Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2015-2019 yillarda işlab çiqarişni tarkibiy özgartiriş, modernizatsiyalaş va diversifikatsiyalaşni ta'minlaş çora-tadbirlari dasturi”ga asosan tizimda 32 ta investitsiya loyihalari amalga oşirilib, 27,8 mln.dollar investitsiyalar özlaştirilgan.
Şuningdek, 2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovçi buyumlar va materiallar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş dasturiga asosan “Özpaxtayoğ” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarda 5 ta mahsulot işlab çiqarişni mahalliylaştiriş loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilib, 23,1 mlrd.sömlik mahsulotlar işlab çiqarilgan.
Sanoatda işlab çiqariş xarajatlarini qisqartiriş böyiça körilgan çoralar natijasida işlab çiqariş tannarxini 10 foizga kamaytirilişi ta'minlandi. Iş örinlarini taşkil qiliş va aholi bandligini ta'minlaş Dasturi doirasida 3400 ortiq yangi iş örinlari taşkil etildi.

















