Özbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 17 oktabr kuni “Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Qayd etilişiça, farmon paxta tozalaş va yoğ-moy sanoati korxonalarini boşqariş tizimini yanada optimallaştiriş va takomillaştiriş maqsadida imzolandi.

Quyidagilar: 

Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini taşkil etiş töğrisida” 2015 yil 27 oktabrdagi PF-4761-son Farmoni;

Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” 2015 yil 28 oktabrdagi PQ-2422-son hamda “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvçi aksiyadorlik birlaşmalari faoliyatini ta'minlaş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida” 2015 yil 3 noyabrdagi PQ-2427-son qarorlari öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.

“Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tugatiş bilan boğliq kompleks taşkiliy çora-tadbirlarni işlab çiqiş hamda amalga oşiriş, şuningdek paxta tozalaş va yoğ-moy sanoati korxonalarini boşqarişni taşkil etiş böyiça takliflar tayyorlaş maqsadida Komissiya tuzildi.

Komissiya (Z.Mirzayev) 15 kun muddatda tegişli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda zarur kompleks çora-tadbirlar va takliflar işlab çiqadi hamda taqdim etadi.

Uşbu farmonning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining boş vaziri A.Aripov zimmasiga yuklandi.

Eslatib ötamiz, «Özpaxtasanoat», «Özpaxtaeksport» va «Özpaxtayoğ» ixtisoslaştirilgan birlaşmalarni birlaştirgan «Özpaxtasanoateksport» kompaniyasi 2015 yilning kuzida taşkil etilgan.