«Özekspomarkaz» körgazma pavilonlarida Paxta böyiça xalqaro maslahat qömitasining 76-yalpi majlisi va XIII Xalqaro özbek paxta va töqimaçilik yarmarkasi iş boşladi. Mazkur yirik anjumanlar joriy yilning 28 iyun kuni e'lon qilingan “Paxta böyiça Xalqaro konsultativ qömitaning 76-yalpi majlisi va XIII Xalqaro özbek paxta va töqimaçilik yarmarkasini ötkazişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi prezidentining farmoyişiga muvofiq ötkazilmoqda, deb xabar berdi "Özpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi Matbuot xizmati.
Dastlab yarmarkaning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Anjumanni doimiy yarmarka qömitasining raisi, “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boşqaruvi raisi Akmal Kamalov kiriş sözi bilan oçdi. Öz ma'ruzasida mamlakatda paxta sanoati sohasidagi keng kölamli islohotlar, istiqbolli loyihalar, hamkorlik aloqalari va paxta tolasini qayta işlaş borasida olib borilayotgan işlar xususida töxtalib ötdi hamda anjmuna işiga muvaffaqiyat tiladi.
Şuningdek, anjumanda Paxta böyiça xalqaro maslahat qömitasining ijroçi direktori Kay Hyuz, Pokiston Islom Respublikasi töqimaçilik vazirligi kotibi Hasan Iqbol, PXKQning ekspertlar guruhi raisi Alan Vilyams va boşqalar sözga çiqdi.
Toşkentda iş boşlagan xalqaro anjumanda 1700 ga yaqin xorijiy hamda mahalliy mutaxassislar iştirok etmoqda. Şuningdek, mazkur tadbirda yetakçi mamlakatlarda paxta va töqimaçilik sohasining rivojlanişi, jahon paxta bozori tendensiyalari, savdo, logistika va suğurta masalalariga bağişlangan 16 ga yaqin oçiq va mavzuli sessiyalar ötkaziladi.
Yarmarka doirasida mamlakat yengil sanoati salohiyati, jumladan, mahalliy korxonalarda işlab çiqarilayotgan turfa xildagi liboslar namoyişi rejalaştirilgan.

















