Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2017 yil hosili paxta xom aşyosining xarid narxlari töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.
Davlat ehtiyojlari uçun sotib olinadigan paxta xom aşyosi yetiştirişni köpaytirişni rağbatlantiriş hamda paxta yetiştiruvçi xöjaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, «Özpaxtasanoateksport», «Özagrotexsanoatxolding» xolding kompaniyalari hamda Özbekiston Fermerlari kengaşining 2017 yil hosili:
paxta xom aşyosi xarid narxlarini 1-ilovaga muvofiq miqdorda belgilaş;
maşinada terilgan paxta xom aşyosi xarid narxlarini 2-ilovaga muvofiq miqdorda belgilaş;
qölda terilgan paxta xom aşyosining 1 kilogrammi uçun birinçi bosqiçda — 450 sömdan, ikkinçi bosqiçda 2017 yil 1 oktabrdan boşlab — 500 sömdan tölaş;
maşinada terilgan paxta xom aşyosining 1 tonnasi uçun 260 000 sömdan tölaş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qişloq va suv xöjaligi vazirligi «Özpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yetiştiruvçi fermer xöjaliklariga 2017 yil hosili paxta xom aşyosi xarid narxlarining bir hafta muddatda yetkazilişini ta'minlaş vazifasi topşirildi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qişloq xöjaligi mahsulotlarining davlat xaridi va qişloq xöjaligini texnika bilan jihozlaşni maqsadli moliyalaştiriş jamğarmasi, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki «Özpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi, «Agrobank» ATB va boşqa tijorat banklari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta yiğim-terimida, uni taşişda va tayyorlaşda qatnaşayotgan xodimlarga iş haqining öz vaqtida tölanişini ta'minlaydilar.
Paxta yetiştiruvçi fermer xöjaliklariga amalda topşirilgan paxta xom aşyosi uçun terimçilarga terim pullarini uşbu qarorda belgilangan tarif stavkalaridan kelib çiqqan holda har beş kunda, zarurat bölganda esa — har kuni tölaş tavsiya etildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari paxta terimçilariga terim pullarining uşbu qarorda belgilangan tarif stavkalari böyiça öz vaqtida tölanişi yuzasidan qat'iy nazorat örnatadilar.

















