2017 yilning fevral oyi boşlarida Stackoverflowin taxallusi ostidagi xaker internet orqali taxminan 150 ming çek va ofis printerlarini buzib kirgani haqida ma'lum qildi. U qurilmalarni maxsus xabarlarni çiqarişga majburladi – ularda foydalanuvçilarga qurilmalar “botlarning dahşatli tarmoği bir qismiga” aylangani aytiladi. Xaker Bleeping Computer saytiga varaqalar hazil bölgani va bu printer egalari e'tiborini sohadagi kamçilikka qaratişga yönaltirilganini aytib ötdi.
Stackoverflowin’ning sözlariga köra, u 9100 porti, şuningdek, IPP portlari (internet orqali çop etiş protokoli) va LPD xizmatlariga taşqi ulaniş imkoni bölgan qurilmalarni qidiruvçi skript yozgan. Bleeping Computer’ning ta'kidlaşiça, şu tariqa xaker HP, Brother, Epson va Canon kabi kompaniyalar printerlariga yöl topgan. Dell Xeon qurilmasi uçun esa kamçilikni topuvçi eski eksployt qöllanildi.

Skript printerlarga turli xabarlar va ASCII-rasmlarni yuborgan. Çop etilgan xabarlarda foydalanuvçilarni köproq “Putin tomonidan” boşqariluvçi botlar tarmoği ulanişi bilan qörqitilgan, keyin esa printerni buzib kirişdan himoya çoralarini körişga çaqirildi.
“Stackoverflowin xakerlari boti qaytib keldi, sening printering esa dahşatli botlar tarmoğining bir qismiga aylandi. U Putin peşanasi yordamida boşqarilmoqda va BTI (break the internet) kompleksli infratuzilmani işlatadi. Xudo xayrini bersin, bu portni yop”, - deyiladi Stackoverflowin’ning printerlarga yuborgan xabarida.
Şuningdek, Stackoverflowin buzib kirilgan printerlar egasi u bilan boğlanişlari uçun öz ma'lumotlarini ham qoldirgan.





















