Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB: Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilari Yevropada 1980 yildan boshlab o‘lpon yig‘a boshlagan
Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) Yevropada yashovchi kurdlarga o‘lpon qo‘ygan va o‘z dushmanlariga qarshi suiqasdlar uyushtirgan, deb aytilgan Markaziy razvedka boshqarmasining 1980 yillarga tegishli va AQShning yangi qonunchiligi talablariga ko‘ra oshkor qilingan hujjatlarida.
MRB ma'lumotlariga ko‘ra, KIP tuzilmalari G‘arbiy Yevropa davlatlarida 80-yillar boshida paydo bo‘lgan.
MRBning 1986 yil dekabrdagi dunyodagi terrorchilik tashkilotlari faoliyati haqidagi hisobotida KIP faoliyatining batafsil tahlili berilgan. "KIP yo‘nalishini o‘zgartirmoqdami?" bo‘limida 80-yildagi to‘ntaruvdan keyin KIP o‘z faoliyatini Suriyaga qaratgani aytilgan.
Hisobotda aytilishicha, KIP terrorchilari Suriyadan tashqari Yevropa g‘arbida tashviqot olib borishni boshlashgan va bu yerda mahalliy kurdlar orasidan yangi jangarilar yollashgan.
Terrorchilar, shuningdek, G‘arbiy Yevropa davlatlarini Turkiya bilan bog‘liq istalgan obektlarga hujum qilish platsdarmi sifatida qo‘llay boshlashgan.
Hisobotda Yevropada KIPning ancha miqdorda tarafdorlari borligi aytilgan.
KIP unga qarshi chiquvchi barcha kurdlarni "sotqinlar, josuslar, kurd xalqining qotillari va dushmanlari" deb atab, bunday odamlarni kurd xalqi nomidan o‘ldirishga huquqlari borligini ta'kidlagan.
KIP Turkiyadagi davlat tuzilmalari va fuqarolariga qurollangan hujumlar uyushtiradi.
Ta'kidlanishicha, Turkiya vujudga kelgan vaziyatni tartibga solish yo‘llarini izlashiga qaramasdan, KIP o‘tgan yil iyulidan qurolli hujumlarni qayta boshladi.
Shu vaqtdan beri Turkiyaning 500 fuqarosi va xavfsizlik kuchlarining 800 xodimi halok bo‘lgan. Turkiya xavfsizlik kuchlarining operatsiyalari natijasida esa KIPning 8 minggacha jangarisi yo‘q qilingan yoki hibsga olingan.
AQSh va Yevropa Ittifoqi KIPni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritgan.
Mavzuga oid
10:17 / 10.06.2026
Yevropa robotaksi sinovlarini tezlashtirishga qaror qildi
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
13:14 / 07.06.2026