AQŞda 2001 yilning 11 sentabr kungi teraktlarning boş taşkilotçisi, deb hisoblangan Holid Şayx Muhammadning mamlakat sobiq rahbari Barak Obamaga yöllagan maktubi e'lon qilindi.

Miami Herald’ning yozişiça, Muhammad Qöşma Ştatlar 11 sentabr kungi teraktlarga dunyodagi “köplab kişilarning hayotiga zomin bölgan” siyosati tufayli özi aybdor. 

“Biz sizlarga qarşi uruş boşlamadik. Bu siz va sizlarning yerdagi diktatorlaringiz”, - deya yozgan u.

Naşrning ta'kidlaşiça, Muhammad taxminan 2015 yilning yanvar oyida yozgan maktubida Obamaga “ilon boşi” va “zulm va zöravonlik mamlakati”, prezidenti deb murojaat qilgan.

“Men butun umr kamerada Allohga ibodat qilib, öz gunohlarimni keçirişini sörab ötirişdan xursand bölaman. Agarda siz meni ölim jazosiga mahkum etsangiz, men siz butun dunyo böylab öldirgan özimning yaxşi döstlarim va Usoma bin Lodinni köraman”, - deb yozgan Muhammad.

Ma'lumot uçun, “Al-Qoida” terrorçilari 2001 yilning 11 sentabr kuni bir neça yölovçi samolyotlarini egallab olib, ularni Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazi va Pentagonga qarab yönaltirişgan. Hujumlar oqibatida qariyb uç ming kişi halok bölgan.