AQŞ Minuteman III qit'alararo ballistik raketasining yangi parvozini amalga oşirdi. Marşall orollaridagi poligon tomon uçirilgan raketa 6,8 ming km ga yaqin yöl bosib ötgan, deb ma'lum qildi AQŞ harbiy-havo kuçlarining global zarba qömondonligi. 

Raketa 8 fevralda mahalliy vaqt bilan yarim tunda Vandenberg bazasidan uçirilgan. U Tinç okeanining janubiy qismidagi poligonga otilgan. "Sinov parvozlari xavfsiz va samarali yadroviy himoyaning mavjudligini ta'minlaş uçun qurilmaning aniqligi va işonçligini tekşirişga hamda qimmatli ma'lumotlar olişga imkon beradi", deyilgan xabarda.

Raketa bir kun avval uçirilişi kerak bölgan, biroq bunga Pentagon pudratçilarining maoşlari borasida çiqqan nizo xalaqit qilgan. 

Minuteman III ballistik raketasi AQŞ qurollanişida 1970 yildan beri turadi va muntazam ravişda takomillaştirib turiladi.