Braziliyaning Espiritu-Santu ştati politsiya mahkamasining olti kun davom etgan norozilik namoyişi salbiy oqibatlarga sabab böldi. Gap şundaki, huquq idoralarining e'tiborsizligi tufayli sodir etilgan zöravonliklarda yuzdan ortiq inson qurbon bölgan.

Mamlakat hukumati 9 fevral kuni ştatda tartibni tiklaş maqsadida 1,2 ming kişilik harbiy bölinmalarni kiritişga majbur bölgan. Ular desantçilar va federal politsiyaçilardan iborat bölişgan. 

“Reyter” agentligi ma'lumotiga köra, birmunça oşkora zöravonlik holatlari, xususan, dökonlardan mahsulotlarni öğirlaş ştat ma'muriyati markazi Vitoriya şahrida kuzatilgan. 

Ştatning namoyiş ötkazayotgan politsiyaçilari esa, öz navbatida, iqtisodiy inqiroz va davlat moliyalaştirişi bilan boğliq muammolar davom etayotgan bir paytda, oylik iş haqi kötarilişini talab qilişmoqda. 

Şu bilan birga, uç haftadan söng an'anaviy yillik karnaval bölib ötadigan Rio-de-Janeyro ştati politsiyaçilari ham namoyişlar taşkil etişni rejalaştirayotgani xabar qilinmoqda.