AQŞ qöşinlarining önta tanki, beşta piyodalar jangovar maşinasi, yöltanlamaslar va yuk transportlari Litvaga juma kuni yetkazildi, deb xabar berdi RIA Novosti Knyaz Vaydotas nomidagi mexanizatsiyalaştirilgan piyodalar bataloni vakili Loret Kavalyauskenega asosan.
"Ha, barça harbiy texnika Gayjyunay temir yöl stansiyasiga kelganini tasdiqlayman", - dedi Kavalyauskene.
Gayjyunayga önta M1A2 Abrams tanki, beşta M2A3 Bradley piyodalar jangovar maşinasi, yöltanlamaslar va yuk transporti keltirilgan, ular 120 kişilik AQŞ piyoda rotasi harbiy xizmatçilari tomonidan işlatiladi.
Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, Litvada keyingi haftadan boşlab AQŞ törtinçi piyoda divizitsiyasining uçinçi brigadasiga qaraşli 68-polki birinçi bataloni xizmatga kirişadi. AQŞ qurolli kuçlari rotasi, şuningdek logistika böyiça xizmatçilar mamlakatga 6-7 fevral kunlari yetib keladi. Bu Atlantic Resolve amaliyoti doirasidagi navbatdagi rotatsiya bölinmasidir. Amerikaliklar litvalik harbiy xizmatçilar bilan birga işlaşadi hamda maşqlarda qatnaşadi.

















