9 fevral kuni Rossiya Harbiy-kosmik kuçlari tomonidan Suriyaning Al-Bob şahri yaqinida joylaşgan binoni bombardimon qilişining ehtimoliy sababi aytildi. Bu haqda «Kommersant'» Rossiya harbiy boşqaruv organlaridagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Naşr suhbatdoşining sözlariga köra, hodisa sabablaridan biri Rossiya zarba beradigan hududdan turkiyalik harbiylarning öz vaqtida köçirilmagani bölişi mumkin. Naşrning qayd etişiça, koordinatalar oldinroq Rossiya va Turkiya boş ştablari hamda aviaguruhlar tomonidan kelişib olingandi.

Amaliyotda Rossiya HKKning Su-24M va Su-34 bombardimonçi samolyotlari, şuningdek Su-25SM şturmoviklari iştirok etgan. Uşbu samolyotlar uçuvçilari tajribali uçuvçilar bölib, ular bundan avvalroq Turkiya Harbiy havo kuçlari samolyotlari bilan qöşma amaliyotlarda ham iştirok etgandi.

9 fevral kuni tongida samolyotlar Xmeymim aviabazasidan havoga kötarilgan, soat 08:40da Al-Bob yaqinidagi hududda nişonga bombalar taşlangan. Röy bergan hodisa aviatsiyaning Lataqiyaga qaytişidan keyin ma'lum bölgan.

9 fevral kunining ikkinçi yarmida Turkiya Boş ştabi, Rossiya samolyotlari hujumi oqibatida 3 nafar turk askari halok bölib, 11 nafari jarohatlanganini ma'lum qildi.

Bu ma'lumotni Rossiya Mudofaa vazirligi ham tasdiqladi va bu hujum xatolik tufayli röy berganini ta'kidladi. Kremldagilar hodisaga muvofiqlikda harakat qilinmagani sabab bölgani haqida aytişdi.

Uşbu hodisadan keyin Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğan örtasida telefon muloqoti ötkazildi. Rossiya rahbari hamdarlik bildirdi, tomonlar Suriyada IŞIDga qarşi harakatlarni muvofiqlaştiriş masalasida kelişib oldi.