Rossiya HKKning qasddan qilinmagan hujumi oqibatida Suriyaning Al-Bob şahri yaqinida turk askarlari halok bölgani yuzasidan Rossiya prezidenti Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdöğanga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

Ikki davlat rahbarining telefon muloqoti Kreml saytida e'lon qilingan. 

«Putin Al-Bob şahri yaqinida turkiyalik askarlar halok bölgani yuzasidan hamdarlik bildirdi», deyilgan xabarda.

The Ankara Times xabariga köra esa Putin Erdöğandan xatolik tufayli turkiyalik askarlar halok bölgani uçun uzr söragan.

Bundan oldinroq, Al-Bob şahri yaqinida Rossiya HKK samolyoti bergan zarba oqibatida turkiyalik 3 nafar harbiy halok bölib, 11 askar jarohatlangani haqida xabar qilingandi.

Reuters agentligi xabariga köra, tomonlar hodisa yuzasidan tekşiruvlar boşlagan.