Sport | 11:17 / 10.02.2017
12322
2 daqiqa o‘qiladi

«Real» Benzema bo‘yicha qaror qabul qildi

«Real» rahbariyati va murabbiylar shtabi jamoa hujumchisi Karim Benzemaga ishonch bildirishda davom etmoqda. AS xabariga ko‘ra fransiyalik futbolchiga shu yilning iyunida yangi shartnoma taklif etiladi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» ushbu futbolchiga hamkorlikni 2022 yilgacha davom ettirish xususida taklif berishi mumkin.

«Real»dagilar Benzema muxlislar va futbol jamoatchiligi tomonidan bildirilayotgan tanqidlarga qaramasdan unga ishonishda davom etilishini anglashini istashmoqda.

Agar Benzema «Real» bilan shartnomasini uzaytirsa, bu uning ispan grandi bilan ikkinchi marta shartnomani uzaytirishi bo‘ladi. Birinchi marta u 2014 yilda shartnomasini 2019 yilgacha uzaytirib, maoshini oshirgandi: yiliga 5 mln yevrodan 8 mln yevrogacha.

Yozda imzolanishi kutilayotgan yangi shartnomaga ko‘ra ham uning maoshi oshirilishi nazarda tutilgan.

Joriy mavsumda Benzema «Real» tarkibida Primeraning 19 turidan 15 o‘yinda ishtirok etdi va 5 gol urib, 2 golga uzatma berdi.

«Real» ingliz klublariga Benzemani taklif qildi

Mavzuga oid