Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, portlash Lashkargoh shahrida mahalliy vaqt bilan 14.00da (Toshkent vaqti bilan 14.30) yuz bergan. Xudkush-terrorchi maxsus xizmat qo‘riqchilar otryadi yonida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan mashinani portlatgan.

Guvohlardan birining xabar berishicha, maxsus xizmat mashinalariga ham zarar yetgan.

Portlash uchun mas'uliyatni hozircha hech bir terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmagan.