Yaqinda floridalik bir baliqçi Stiv Bargeron baliq ovlaş vaqtida qarmoğiga baliq örniga uzunligi yarim metrdan kattaroq keladigan notaniş suv mahluqini ilintirgan.
Stiv bu jonzotni yovvoyi tabiatni muhofaza qiluvçi mutaxassislarga körsatgan. Olimlar bir qator tadqiqotlar ötkazib, bu jonzotning turini aniqlay olişmagan. Biroq ba'zi mutaxassislar bu ğayrioddiy jonzotni beşiktebratar qisqiçbaqalarning bir körinişi deb taxmin qilmoqdalar. Biroq şunga qaramay, bu yerda tavofut bor, çunki bu turdagi jonzotlarning uzunligi 30 sm dan oşmaydi, Stiv tutib olgan jonzotning uzunligi esa 50 sm dan kattaroq. Şuning uçun ham uni noyob deb hisoblaş mumkin.
Beşiktebratar qisqiçbaqalar eng yirik umurtqasiz yirtqiçlar hisoblanib, ularning asosiy quroli kuçli tirnoqlari hisoblanadi. U tirnoqlari bilan akvariumdagi oynani teşib yubora oladi. Fanga 4 mingga yaqin bunday qisqiçbaqalar turi ma'lum va ular bir-birlaridan faqat ranglari bilan farq qiladi. Bu tur vakillari juda yaxşi xotiraga ega va öz "tanişlarini" hididan taniy oladilar.

















