Suriya prezidenti Başar Asad AQŞning yangi prezidenti Donald Trampning ma'muriyati bilan hamkorlik qilişga tayyorligini ma'lum qilgan. Uning sözlari Yahoo News tomonidan keltirilgan.
Suriya rahbarining aytişiça, mamlakatning amaldagi hukumati Tramp bilan hamkorlikdan umidvor, ammo bu hamkorlik «ruslar va amerikaliklar yaqinlaşuvi» evazigagina röy berişi mumkin.
Asad şuningdek, Trampning ma'muriyatini Suriyaga IŞIDga qarşi kuraşiş uçun amerikalik harbiylar ruxsatsiz kirişiga yöl qöyilmasligidan ogohlantirgan.
Bundan taşqari u Suriyadagi vaziyat haqida gapirib, «xavfsiz hudud» taşkil etiş ğoyasini «haqiqatdan yiroq» ğoya sifatida baholagan.
Bundan oldinroq Başar Asad AQŞ va Rossiya hamkorligi butun dunyo uçun, şu jumladan Suriya uçun foyda keltirişi haqida aytib ötgandi.


















