Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon va Donald Tramp o‘zaro hamkorlikning 25 yilligi bilan bir-birlarini tabrikladilar
Tojikiston va AQSh prezidentlari Imomali Rahmon va Donald Tramp ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yillik munosabati bilan bir-birlariga tabrik telegrammalari yo‘lladilar, deb ma'lum qildi Rahmon matbuot xizmati.
Tojikiston prezidenti tabrik telegrammasida uning davlati AQShni xalqaro sahnada o‘zining muhim hamkori deb hisoblashini aytgan.
"Biz davlatlarimiz o‘rtasida do‘stona aloqalarning rivojlanayotgani va mustahkamlanayotganidan mamnunmiz. Bu aloqalar hozirda o‘zaro manfaatga ega turli sohalarni, jumladan, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, ijtimoiy, harbiy va xavfsizlik sohalarini qamrab oladi va biz ularning kelajagiga ishonch bilan qaraymiz", deyilgan Rahmon yuborgan telegrammada.
AQSh prezidenti Donald Tramp ham o‘z navbatida Tojikiston prezidenti nomiga yo‘llagan telegrammasida Rahmon va butun tojik xalqini mustaqillikning 25 yilligi bilan tabriklagan.
"AQSh Tojikiston, unga qo‘shni davlatlarning mustaqilligi va yaxlitligini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Joriy yilda Tojikiston va AQSh ikki tomonlama yaqin hamkorlikning 25 yilligini nishonlaydi. O‘z ma'muriyatimdagi ishimning boshidayoq o‘zaro hurmat hamda xavfsizlik va barqarorlik sohasida umumiy maqsadlarimizni ilgari surishga sodiq qolinishiga umid qilaman", deb aytilgan Tramp telegrammasida.
Mavzuga oid
11:18
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026