Qöşma Ştatlar hukumati Şimoliy Koreyaga gumanitar yordam körsatişga qaror qildi. Bu mamlakatda ötgan yilgi kuçli suv toşqinlari sababli röy bergan, deb xabar qildi Koreya markaziy telegraf agentligi.
AQŞ va KXDR örtasida diplomatik aloqalar yöq. Vaşington Pxenyanda Şvetsiya elçixonasi orqali faoliyat olib boradi.
KXDR milliy iqlimşunoslik boşqarmasining xabar berişiça, mamlakat şimolidagi Xamgen-Puktoda kuzatilgan tabiiy ofat sönggi 60 yil davomida eng kuçlisi bölgan. U yerda 29 avgust-2 sentabr kunlari 290-320 millimetrlik yoğingarçilik kuzatilgan, Tumangan daryosi özanidan çiqib ketdi. Viloyatda ön minglab turar-joy va jamoat inşootlari vayron böldi, transport va energetika tizimiga juda katta zarar yetkazildi, şuningdek sanoat korxonalari va ekin maydonlari talofot körgan.
Umumiy hisobda 130dan ortiq inson halok böldi, 400 nafar kişi bedarak yöqolgan. Xalqaro qizil yarim oy va Qizil xoç taşkilotlari ma'lumotiga köra, KXDR şimolidagi suv toşqinlari kamida 600 ming fuqaroning hayotiga salbiy ta'sir körsatgan.
















