8 fevral kuni “Özbekkino” milliy agentligi tomonida ötkazilgan monitoringda “Daydi” nomli badiiy filmni jamoatçilik orasida tarğibot qilişda bir qator qonun buzilişi holatlariga yöl qöyilganligi aniqlandi va filmning namoyişi töxtatib qöyildi.
Özbekistonlik maşhur rejissyor Rustam Sa'diyev “Daydi” filmi namoyişini töxtatilişi bilan boğliq voqeaga öz munosabatini bildirdi.
- “Özbekkino” Milliy agentligi uşbu masalaga keskin munosabat bildirib, töğri iş qilgan. Birinçidan, avvalo, gap filmning saviyasi haqida boryotgani yöq. Buni töğri tuşuniş lozim. Gap yolğon ma'lumot asosida tomoşabinni filmga jalb etilişi haqida bormoqda. Şuni aytiş kerakki, bu holat özbek kinosi şa'ni uçun xunuk holatni yuzaga çiqaradigan holatdir. Özbek kinoçiligiga heç qanday yolğonni aralaştirmaslik kerak, deb öylayman, - dedi Rustam Sa'diyev.

Rejissyor xorij filmlaridan köçiriş holatlari haqida töxtalib ötar ekan, jumladan, şunday dedi: “Hind filmlaridagi syujyetni olib, sal özgartirib taqdim etilgan holatlarni köp körganmiz, ammo kartinada rol ijro etmagan aktyorni yirik planda montaj qilib, uning ovozini özgartirib yolğon ma'lumot taqdim etiş, menimça, şarmandalikdir. “Özbekkino” Milliy agentligi kinoijodkorlarni bir joyga jamlab, yiğiliş ötkazib, ularni intellektual mulk haqidagi qonunçilikdan boxabar qilsa, maqsadga muvofiq bölardi. Bu orqali har bir ijodkor qonun doirasida qanday harakat qilişi, nimalarni boşqa filmlardan olib, nimalar öğirlanişga kirişi haqida tasavvurga ega bölişardi.
Eslatib ötamiz, “Daydi” filmining treyleri, bannerlari va çiptalari çiqarilib, ularda maşhur kinoaktyor Morgan Frimanning Buyuk Britaniya va Janubiy koreyalik kinoijodkorlar tomonidan 2014 yilda işlab çiqarilgan “Sönggi ritsarlar” filmida suratga tuşgan qiyofasi aks ettirilgan. Ammo aktyorning qiyofasi filmning agentlikka taqdim etilgan nusxasida bölmagan.
Ma'lumot örnida, Kun.uz sayti kuni keça rejissyor Rustam Sa'diyev bilan turli mavzularda suhbat uyuştirdi. Quyida ana şu suhbatning töliq hajmi bilan yaqindan tanişişingiz mumkin.
Tas-ix`da köriş
















